вторник, 12 мая 2015 г.

O'nli kasrlarni yozilishi va o'qilishi

Baliqchi tumani XTMFMTvaTE bo’limi 15-umumta’lim maktabi matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning V-sinf matematikadan ochiq dars uchun bir soatlik
D A R S   I SH L A N M A S I  (10.02.2015)

I. Mavzu:  O’nli kasrlarning yozilishi va o’qilishi

II. Darsning  maqsadi:
a) ta’limiy  maqsadi:
- o‘quvchilarda  o’nli  kasrlar  haqida  bilimlarni  shakllantirish,  ularga  o’nli  kasrlarni  ajrata  olishga  doir  mashqlar  yechishni  o‘rgatish  hamda  matematik  bilimlarni  berishda  davom  etish.
b) tarbiyaviy  maqsad:
- o‘quvchilarni  o‘z  maqsadiga  erishish  ruhida  tarbiyalash,  bir – burlariga  o‘zaro  hurmat,  jamoa  bo‘lib  ishlash,  o‘zaro  yordam  va  berilgan  vazifani  bajarishda  ma’suliyat  sezish  ko‘nikmalarini  tarkib  toptirish.
c) rivojlantiruvchi  maqsad:
- o‘quvchilarni  mustaqil  ishlash,  ijodiy  izlanish  orqali  bilim  olishda,  xotirani  mustahkamlashga,  tez  fikrlash,  fikrini  aniq  ifodalashga  o‘rgatish,  nutq  madaniyatini  o‘stirish.
    d) kasbga yo’naltiruvchi maqsad:
    - o’quvchilarni kasbga to’g’ri yo’llay olish
    Bilimlar:
     - o’nli kasrlarni yozilishi nimaligini;
     - o’nmli kasrlarni o’qilishi nimaligini bilish.
    Ko’nikmalar:
     - o’nli kasrlarni yoza olish;
    - o’nli kasrlarni o’qiy olish.
    Malakalar:
    - o’nli kasrlarni yozilishi va o’qilishiga doir soda mashqlarni mustaqil yecha olish.
   Kompetensiya turi:
    - o’quv – o’rganish
III. Darsning  jihozi:
Darslik,  tarqatma  materiallar,  test  savollari  yozilgan  varaqalar,  rag‘bat  uchun  gillar.
Texnik  vositalar:   slaydlar.
IV. Dasr  tipi:  aralash  dars
V.Dasr  turi:  Noan’anaviy.
VI.Dars  o‘tish  metodi:  “Kichik  guruhlarda  ishlash”,  “Aqliy  hujum”.
VII. Darsning  texnologik xaritasi:

1
Tashkiliy qism, o‘quvchilarning  kirish  so‘zi
2 daqiqa
2
Uy vazifasini analizi ,Guruhlarga  bo‘lish
2 daqiqa
3
Yangi mavzuni yoritishga hozirlik, Biz  bilgan  bilimlar  (xotirani  sinash)

7 daqiqa
4
Yangi mavzuni yoritish:
a) Yangi mavzu bayoni
b) Doskada misollar yechish
d) “Topog’on” o’yini

8 daqiqa
7 daqiqa
7 daqiqa
5
Yangi mavzuni mustaxkamlash.Test
6 daqiqa
6
Baholash
4 daqiqa
7
Uyga vazifa
2 daqiqa

Darsning  tashkil  etilishi:
O‘quvchilar  sinfda  kirib  tanlagan  emblemalari  orqali  guruhlarga  bo‘linib,  stollarga  o‘tirishadi.
1.     guruh  “Kvadrat”.
2.     guruh  “Doira”.

VIII.Darsning  borishi:
Tashkiliy  qism.
Salomlashish.
Davomatni  aniqlash.
   Tashkiliy  qismdan  so‘ng  o‘quvchilar  bilan  birgalikda  guruhlarda  ishlash  uchun  amal  qilinishi  lozim  bo‘lgan  qoidalar  ishlab  chiqiladi.
1.     Intizom.
2.     Faollik
3.     Vaqtga  riova  qilish.
4.     Asosli  va  mantiqli  fikr  bildirish.
5.     Fikrni  takrorlamaslik.
6.     O‘zaro  hurmat.
7.     O‘ng  qo‘l qoidasi.
8.     To‘g‘ri  javob  uchun  rag‘bat.
Rag‘bat  uchun  3  xil  gul  tasvirlaridan  foydalaniladi:
Qizil doira  - “5”  ball.
Ko’k kvadrat – “4”  ball.
Sariq uchburchak  - “3” ball.
Har  bir  shartni  birinchi  bajargan  guruhga  shakllar  tasviri  beriladi.  Har  bir shakl  bir  balldan  hisoblanadi.
Guruh  a’zolari  har  bir  olgan  rag‘bat  kartochkasini  stol  ustidagi  maxsus  ajratilgan  joyga  qo‘yib  boradilar.  Dars  so‘ngida  esa,  rag‘bat  orqali  guruh  ballari  guruh  a’zolarining  o‘zlariga  hisoblantiriladi  va  to‘g‘ri  hisoblanganligi  tekshiriladi.
O‘qituvchi:
Endi  esa  o‘tilgan  mavzularni  takrorlash  hamda  sizlarning  bilimingizni  sinab  ko‘rish  maqsadida  quyidagi  savollarni  beraman.
1.     Kasrning surati nima?  (Kasr chizig’i ustidagi son).
2.     Kasrning mahraji  nima? (Kasr chizig’i tagidagi son).
3.     To’g’ri kasr  nima?  (Mahraji suratidan kata kasr).
4.     Noto’g’ri kasr nima? (Surati mahrajiga teng yoki undan kata kasr)
5.     Butunning  teng  bo‘laklari  nima  deb  ataladi?  (Ulushlar)
6.     Ikkita  son  va  bitta  chiziq  yordamida  yoziladigan  son  qanday  son  deb  ataladi? 
      (Kasr  son)
7.     Kasr  so‘zi  qanday  manoni  bildiradi? (Bo‘lak)
8.      O’nli kasr deb nimaga aytiladi? (Mahraji 10 ning darajasi ko’rinishida ifadalangan kasr)
Guruh  a’zolari  javoblarni  yozib,   doskadagi  savol  yoniga  yopishtiradilar.  Javoblar  o‘qituvchi  tomonidan  to‘ldiriladi.
O‘qituvchi:
-         Hirmatli  o‘quvchilar,  daftaringizga  bugungi  sana  va  mavzuni  yozib  qo‘ying.  Aziz  o‘quvchilar  2014  yilni  Prezidentimiz  qanday  yil  deb  atadi?
     Bugungi  mavzu  “O’nli kasrlarning yozilishi va o’qilishi”.
     O‘qituvchi  ko’rgazmali qurollar  orqali  bugungi  mavzu  va  darsning  ta’limiy  va  tarbiyaviy     maqsadlari  bilan  tanishtiradi.
-   O‘qituvchi  yangi  mavzuni  doskada  misollar  va  ko’rgazmali qurollar  orqali    tushuntiradi.   
    Navbatdagi  shart.  “Topog’on  o‘yini”.
Guruh  a’zolaridan  1  tadan   o‘quvchi  doskada  misollar  yechadi,  qolgan  guruh  a’zolari  esa  olma  daraxtiga  tub  sonlarni,to’g’ri,noto‘g‘ri va o’nli kasrlarni  ajratib  qo‘yadilar.  Guruh  a’zolaridan  bittadan  o‘quvchi  chiqib  “Topog’on  o‘yini”  bo‘yicha  o‘z  guruhini  himoya  qiladi.
  O‘qituvchi  so‘zi:
Aziz  o‘quvchilar  siz  bilasiz  2014 yilni  Prezidentimiz  “Cog’lom bola  yili”  deb  e’lon  qildi.  Hozirgi  shartimizda  krosvordni  to‘g‘ri  yechsangiz   “Barkamol  avlod  yili”  kelib  chiqadi.  Quyidagi  savollar  nafaqat  matematika  faniga  balki  boshqa  fanlarga  ham  tegishli.
IX. Darsni mustaxkamlash.
Savollar:
1.     Yer  sharning  modeli.  (globus)
2.     Sanoqda  ishlatiladigan  sonlar  …  deyiladi.  (natural)
3.     Qadimiy  va  ko‘xna  shahar.  (Samarqand)
4.     Ikkita  nuqta  orasidagi  masofa. (kesma)
5.     Bir  xil  ko‘paytuvchilar  ko‘paytmasi  nima  deb  ataladi?  (daraja)
6.     Sonlarni  o‘rganuvchi  fan …  deb  ataladi.  (matematika)
7.     Bahorda  eng  birinchi  gullaydigan  daraxt.  (bodom)
8.     So‘z mulkning  sultoni. (Alisher  Navoiy)
9.     Bahorning  birinchi  guli?  (binafsha)
10. Tug‘ilib  o‘sgan  yurt. (vatan)
11. Nomalum  qatnashgan  tenglik  nima  deb  ataladi?  (tenglama)
12.  8  mart  qanday  bayram? (xotin - qizlar)
13. Faqat  sonlardan  tuzilib  amal  ishoralari,  qavslar  bilan  birlashtirilgan  yozuv  …  deyiladi.  (sonli ifoda)
14. Quyoshga  eng  uaqin  bo‘lgan  sayyora.  (merkuriy)
15. To‘g‘ri  to‘rtburchakning  hamma  tomonlari  uzunliklarning  yig‘indisi  uning  …  deyiladi.  (perimetri)
16. 5, 10, 15, 20, 25, …  sonlar  5  soniga  …  natural  sonlar.  (karrali).
17. “Yuksak  ma’naviyat  yengilmas  kuch”  asarini  kim  yozgan? (Islom  Karimov).
O‘qituvchi  so‘zi:

Shuning  bilan  darsimizni  yakunlaymiz.  Qani  aziz  o‘quvchilar  ko‘raylikchi  kimning  rag‘batlari  ko‘p  ekan.  Hozir  har  bir  guruhdan  bittadan  o‘quvchi  chiqib,  o‘zlaridan  keyingi  guruhning  rag‘batlariga  qarab,  ularning  ballarini  hisoblaydilar.  Hisoblash  to‘g‘riligini  ekspert  a’zolari  tekshirishadi.

O‘qituvchi  g‘olib  guruh  sardoriga  va  yaxshi  qatnashgan  o‘quvchilarga  o‘zining  sovg‘asini  topshiradi.


         X. Uyga  vazifa:      11-13  -  misollarni  yechish.

Комментариев нет:

Отправить комментарий