вторник, 12 мая 2015 г.

Natural sonlarni yozilishi va o'qilishi

15-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning  I-chorak yakuni bo’yicha V-sinfda  Matematika fanidan bir soatlik
 dars ishlanmasi

I. Mavzu: Natural sonlar va ularning yozilishi

II. Darsning maqsadi:
 a) Ta’limiy maqsad:
- O’quvchilarga natural sonlar va ularning yozilishini  o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsad:
-  O’quvchi shaxsini kamol toptirish
v ) Rivojlantiruvchi maqsad:
- O’quvchilarni natural sonlar  haqidagi olgan bilimlarini rivojlantirish.
g) Kasbga yo’naltiruvchi maqsad:
- O’quvchilarni kasbga to’g’ri yo’llay olish
Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat. Aralash.Guruhlarda ishlash

 III. Darsning jihozi:
 1. “V-sinf matematika ” darsligi.
 2.   Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , bo’r va yozuv taxtasi.
                                 
IV. Darsning rejasi:
1.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta  savoldan iborat bo’lgan qisqa test olaman;
2. Yangi darsni bayon qilish.
Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan
 Bilimlar:
- natural sonlar nimaligini;
- natural sonlar qanday yozilishi nimaligini bilish.
Ko’nikmalar:
-  natural sonlarni o’qiy  olish;
- natural sonlarni yoza  olish;
Malakalar:
-         natural sonlarni o’qish va yozishga oid  sodda mashqlarni mustaqil yecha olish
Kompetensiya turi:
- o’quv- o’rganish 
V. Darsning borishi:
 a) Tashkiliy davr:
 -o’quvchilarning davomatini aniqlab ,sinf va o’quvchilar  tozaligiga e’tibor beriladi;
 - o’tilgan mavzuni takrorlash uchun tarqatma materialdan foydalanaman.
 - yangi mavzuni tafsilotlari
O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta savoldan iborat qisqa test olib o’quvchilar yordamida uni tekshirib chiqaman .
Yangi mavzuni bayoni:

T/R
Darsning bosqichlari
Foydalanishga tavsiya etiladigan usul
Vaqt taqsimoti
(min)
1
Tashkiliy qism

2
2
Yangi mavzuni yoritish:
a) mavzuni yoritishga tayyorgarlik va motivatsiya
b) yangi mavzuni yoritish;

Savol-javob

Ma’ruza
15
3
Yangi mavzuni mustaxkamlash:
a)      guruhlarda ishlash;
b)      b) xulosa;
c)      d) yakka tartibdagi mustaqil ish.

Guruhlarda ishlash
Aqliy hujum
Mustaqil ish
20
4
Darsga yakun yasash va baholash

3
5
Uyga vazifa

5




VI. Darsni mustaxkamlash.
Sinfda 1-16 -mashqlar yechiladi


VII. Darsni yakunlash
-O’qituvchi o’quvchilar bajargan mashqlar bo’yicha o’z xulosamni  bildiraman.
-Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, tegishli ballar qo’yiladi

VIII. Uyga vazifa.

17-27 - mashqlarni bajarib kelish.

Комментариев нет:

Отправить комментарий