вторник, 12 мая 2015 г.

Matnli masalalar

Baliqchi tumani XTMFMTvaTE bo'limi 15-umum ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning  VII-VIII-sinfda  Algebra fanidan qiyin o’zlashtirilgan mavzulardan bir soatlik 
 dars ishlanmasi
I. Mavzu: Matnli masalalar yechish
II. Darsning maqsadi: a) Ta’limiy maqsad: O’quvchilar olgan nazariy bilim, ko’nikma va malakalarini  mustaxkamlash;
                                   b) Tarbiyaviy maqsad. O’quvchi shaxsini kamol toptirish
                                   v ) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni matni masalalar yechish haqidagi tushunchalarini  rivojlantirish                                          
Darsning usuli: Amaliy mashg’ulot
 III. Darsning jihozi: 1. “VII-VIII-sinf Algebra” darsligi.
                                 2.   Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , bo’r va yozuv taxtasi                                
IV. Darsning rejasi:
1.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta kartochkada savollar yozilgan materiallar tarqatilib ularga javoblar olinadi
2. Yangi darsni bayon qilish.
V. Darsning borishi: a) Tashkiliy davr. O’quvchilarning davomatini aniqlab ,sinf va o’quvchilar  tozaligiga e’tibor beriladi;
                                 b) O’tilgan mavzuni takrorlash uchun tarqatma materialdan foydalanaman.
                                 v) Yangi mavzuni tafsilotlari
O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta kartochkada yozilgan savollarni   o’quvchilarga tarqataman va
ularga javoblar olaman .
Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan
Bilimlar:
- matni masalalar nimaligini bilish;
- matnli masalalarni yechish nimaligini bilish;
Ko’nikmalar:
- matni masalalarga matematik ifoda tuza  olish;
- tuzilgan ifodani yecha  olish;
- masala javobini to’g’ri yoza  olish
Yangi mavzuni bayoni:
Algebra VII-sinf “O’zingizni tekshirib ko’ring” 3-m Bolalalar oromgohi uchun 10 ta shahmat va 15 ta koptok sotib olindi.Bitta shahmat a so’m, bitta koptok b so’m turadi. Jami xarid uchun qancha pul to’langan?
Yechish: 10a+15b bo’ladi
101-m 1) O’quvchi bir son o’yladi. Agar uni 4 ga ko’paytirilsa, ko’paytmaga esa 8 soni qo’shilsa va hosil bo’lgan yig’indini 2 ga bo’linsa, u holda 10 hosil bo’ladi. O’quvchi qanday sonni o’ylagan?
Yechish: Ifoda tuzamiz  O’quvchi o’ylagan son   x bo’lsin u holda (x.4+8):2=10 tenglama hosil bo’ladi. Tenglamani yechamiz.
x.4+8=10.2
x.4=20-8
x=12:4
x=3
Javob: O’quvchi 3 sonini o’ylagan
103-m   1) Uchta firmada 624 nafar ishchi bor. Ikkinchi firmada birinchisidagiga qaraganda ishchilar 5 marta ko’p, uchinchi firmada esa birinchi va ikkinchi firmalarda birgalikda nechta ishchi bo’lsa , shuncha ishchi bor. Har bir firmada nechtadan ishchi bor?
Yechish: I-firmada x ta ishchi bor, demak II-firmada 5x ta ishchi bor  u holda III-firmada (x+5x) ta ishchi bor.
Demak x+5x+x+5x=624
12x=624
X=624:12
X=52
Javob : I-firmada 52 ta; II- firmada 52.5=260 ta  ; III-firmada 52+260=312 ta
104-m 1) Teng yonli uchburchakning perimetri 25 sm ga teng. Agar uning yon tomoni asosidan 5 sm ortiq bo’lsa, uchburchak tomonlari uzunliklarini toping.
Yechish:                      Asosni x deb olsak u holda, yon tomon x+5 bo’ladi
                                        2(x+5)+x= 25
                                           2x+10+x=25
                                                 3x=15,  x=5
Javob:  5 sm; 10 sm; 10 sm
VI. Darsni mustaxkamlash:

O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazaman,101-113 masalalarni toq raqamlarini o’quvchilar o’zlari mustaqil yechadilar

VII. Darsni yakunlash
-O’qituvchi o’quvchilar bajargan mashqlar bo’yicha o’z xulosamni  bildiraman.
-Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, tegishli ballar qo’yiladi
VIII. Uyga vazifa.
101-113 masalalarni juft raqamlarini bajarib kelish.

1 комментарий:

  1. How to get a Betway mobile sportsbook in NJ? - BSNJ
    Betway has 1xbetkorean launched 램 슬롯 in 돈포차 New 뱃 플릭스 Jersey. The Betway NJ 메이저바카라 mobile app, the app currently available to New Jersey's two existing customers, is available in

    ОтветитьУдалить