вторник, 12 мая 2015 г.

9-Geometriya "Ko'pburchaklarning o'xshashligi"


Baliqchi tumani XTMFMTvaTE bo’limi 15-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning
 IX-sinfda  Geometriya fanidan bir soatlik
 dars ishlanmasi

I. Mavzu: Ko’pburchaklarning o’xshashligi.
II. Darsning maqsadi:
 a) Ta’limiy maqsad .Ko’pburchaklar o’xshashligini ta’rifini bilish;
 b) Tarbiyaviy maqsad. O’quvchi shaxsini kamol toptirish
 v ) Rivojlantiruvchi maqsad. O’quvchilarga o’zlashtirilgan nazariy bilimlarini   amaliy masalalar  yechishda qo’llay olish.
d) Kasbga yo’naltiruvchi maqsad. O’quvchilarni kasbga to’g’ri yo’naltirish                                                                  
Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat .Aqliy hujum.
 III. Darsning jihozi:
 1. “IX-sinf Geometriya ” darsligi.
 2.   Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , bo’r va yozuv taxtasi.
 3. Darslikdagi 2-3 rasmlar chizmali plakati.                               
IV. Darsning rejasi:
1. O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta  savoldan iborat bo’lgan qisqa test olaman;
2. O’tilgan mavzu bo’yicha og’zaki savol-javob o’tkazaman;
3. Yangi darsni bayon qilish.
V. Darsning borishi:
1
Tashkiliy qism
2 daqiqa
2
Uy vazifasini analizi
3 daqiqa
3
Yangi mavzuni yoritishga hozirlik
3 daqiqa
4
Yangi mavzuni yoritish:
a) guruhlarda ishlash;
b) taqdimot;
d) tahlil va xulosa.

10 daqiqa
2 daqiqa
5 daqiqa
5
Yangi mavzuni mustaxkamlash
10 daqiqa
6
Baholash
3 daqiqa
7
Uyga vazifa
2 daqiqa

O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta savoldan iborat qisqa test olib o’quvchilar yordamida uni tekshirib chiqaman .
Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan
 Bilimlar:
-o’xshash ko’pburchaklarda: burchaklari, tomonlari(soni) tengligi;
- mos burchaklari tengligi;
- mos tomonlari proporsionalligi.
Ko’nikmalar:
- berilgan shakllardan o’xshash ko’pburchaklarni ajrata olish;
- o’xshash ko’pburchaklar ta’rifidan masala yechishda foydalana olish.
Malakalar:
- ko’pburchaklarning o’xshashligi mavzusiga doir soda mashqlarni mustaqil yecha olish
Kompetensiya turi:
- O’quv- o’rganish

VI. Darsning tafsilotlari:
    1. Yangi mavzuni yoritishga hozirlik. Guruhlar berilgan topshiriqni bajaradilar. So’ng guruhlarning javoblari tinglanadi va taqdimot bo’yicha munozara yuritiladi.
    2. Yangi mavzuni yoritish. Ko’pburchaklarning o’xshashligi tushunchasi kiritiladi darslikdagi 1-3-rasmlar muhokama qilinadi)
    Darslikdagi teorema (o’xshash ko’pburchaklar perimetrlari nisbati va yuzalar nisbati haqidagi teoremalar). 1-2-rasmlar muhokama qilinadi. Har bir guruhning fikrlari tinglanadi va o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan to’ldiriladi.
   3. Mustaxkamlash. 7-masala doskada sinf bo’yicha yozib yechiladi.
Guruhlarda ishlash:1-guruh             3;         2-guruh          4;                    3-guruh            5.
VII. Darsni mustaxkamlash.guruhlarning taqdimotini tinglash va xulosa qilish.Darsdan ko’zlangan maqsad eslatiladi va har biri bo’yicha qisqacha sharh beriladi
VIII. Darsni yakunlash
-O’qituvchi o’quvchilar bajargan mashqlar bo’yicha o’z xulosamni  bildiraman.
-Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, tegishli ballar qo’yiladi
IX. Uyga vazifa.
Darslikdagi 1-2 savollar,6-masalani  bajarib kelish.

Комментариев нет:

Отправить комментарий